Jasur Umirov haqida
Jasur Umirov bahor faslining 31-mart kuni Samarqand shahrida tavallud topdi. Bolalik vaqtida san'at shaydosi edi. Shuning uchun ham u musiqa maktabiga boradi, so'ng O'zbekiston Davlat Konservatoriyasining Estrada xonandalik fakultetiga o'qishga kiradi. U ilk ijodini 2009-yildan boshlaydi. Jasurning aytgan barcha qo'shiqlari xit darajasiga yetmoqda. "Billuram", "Oysha", "Derdiya", "Jon-jon", "Daryolar" va "Yuribmande" qo'shiqlari barcha qizlarni lol qoldirdi desak mubolag'a bo'lmaydi. Xonandaning hozirgi kungacha 15dan ortiq qo'shiq kliplari va "Oysha" nomli albomi muhlislar yuragidan joy oldi. San'at olamiga yaqingagina kirib kelgan bo'lsada, 2010-yil 21- dekabr kuni "Istiqlol" san'at saroyida yakkahon konsert dasturini namoyish etdi. Uning hozirda qizlar haqida aytgan qo'shiqlari juda ommalashmoqda."Billura", "Oysha", "Hanifa", "Masha" va 2014-yil "Mohinur" ismlariga atab qo'shiqlar aytgan.
Категория: Xonandalar | Добавил: MILLIONER (09.07.2014)
Просмотров: 13361 | Комментарии: 2 | Теги: Jasur Umirov | Рейтинг: 3.1/28
Всего комментариев: 2
Shirin
Shirin Гости 18.07.2014, 11:37 Спам
Jasur umirovga omad Latofat ismli qizlar haqida ham aytsin.
0
Diko
Diko Гости 29.10.2014, 11:18 Спам
Oka omad
0