Sayt menyusi

MUSIQA

KLIP

KINO

RASM
REKLAMA
Bizni telegramda kuzating!
18+ Videolar (Kirmang!)
Qaroqchilar va «sayyoxlar» (Latifa)
Категория: Latifalar

Kunlardan bir kuni Nasriddin Afandi lotoreyaga 3 kishilik chet el sayoxatini yutib olibdi. Shunda u xotini va qaynonasi bilan birgalikda yashayotganligi uchun, «noiloj» uchchovlari sayoxatga otlanishibdi. Sayoxat juda maroqli o‘tibdi. Bir olam taassurotlar bilan ortlariga qaytishibdi. Aksiga olib, yo‘lda qaroqchilar to‘dasi ularga xujum uyushtirib, bor-yo‘qlarini bitta qo‘ymay shilib olishibdi. Bu qaroqchilar odatlariga ko‘ra, bosqinchilik qilganlaridan keyin, xech qachon guvoxlarni tirik qoldirmas ekanlar (Qaranga, xuddi «Ali bobo va qirq qaroqchi» filmidagi Abul Xasanning o‘zginasi-ya!). Shunday bo‘lsa xam, qaroqchilar to‘da boshisi o‘z qoidalarini biroz o‘zgartirib, Nasriddin Afandiga shunday debdi:

— Uchchovlaringizdan biringizni qatl qilishim shart. Tanlash imkoniyatini beraman. Kimni qurbon qilishni o‘zlaring tanlanglar!…

— Men xali yoshman, o‘n gulimdan bir gulim xam ochilgani yo‘q. Yashashni istayman! — debdi xotini ko‘z yoshi to‘kib.

— Men esa endigina qaynona bo‘ldim, meni orzu-xavaslarim xali oldinda. Nabiralarimni bag‘rimga bosishni istayman! — debdi qaynonasi ko‘z yosh to‘kib.

Shunda Nasriddin Afandi xech o‘ylab o‘tirmay o‘zini qatl qilishlarini so‘rabdi. Qaroqchilar to‘da boshisi va qaroqchilar bundan ajablanishibdi.

— Naxotki o‘z umringga achinmasang, mana bu ayollardan birini…

— Yo‘q, meni o‘zimni tezroq qatl qilishlaringni xoxlayman — debdi ularni gapini bo‘lib, Nasriddin Afandi.

Qaroqchilar to‘da boshisi, o‘ylab turib, shunday debdi:

— Men shu yoshga kirib, turmush o‘rtog‘i bilan qaynonasini shunchalik qadrlaydigan insonni birinchi marta ko‘rishim. Men bundan g‘oyatda ta’sirlandim. Sen menimcha yoki o‘ta fidoyi insonsan, yoki o‘ta axmoqsan. Mayli, nima bo‘lganda xam, sizlarni uchchovlaringizni ozod qilaman.

U shunday deya, ulardan tortib olingan barcha narsalarni xam qaytarib berishlarini buyuribdi. Nasriddin Afandi xotini va qaynonasi bilan uchchovlari mamnun xolda yo‘lga tushishibdi. Yo‘l bo‘yi Nasriddin Afandiga qaynonasi va xotini tomonidan minnatdorchilik dil — izxorlari, maqtovlar to‘xtamabdi.

Uchchovlari jo‘nab ketishganda, qaroqchilar to‘da boshisi o‘yga cho‘mibdi:

— «Naxotki bu inson shunchalik xotini va qaynonasiga jonini xam ravo ko‘radigan darajada fidokor bo‘lsa. Qiziq, buni albatta tekshirib ko‘rish kerak» — deb ichidagi qiziqish zo‘rlik qilib, qo‘l ostidagi qaroqchilardan birini ularning ortidan jo‘natib, «xiyla bilan gapirib, erkakdan qaxramonligining asl sababini aniqlab kelishni» buyuribdi. Qaroqchi tezroq yo‘l bosib, uchchovlariga yetib xam olibdi. Ularga o‘zini qaroqchilardan biri ekanligini bildirmay, bir zumda xiyla bilan ishonchlarini qozonibdi-da, go‘yoki uning (Nasriddin Afandining) qaxramonligi ko‘pchilikka ma’lum bo‘lganday muomala qilib, erkakdan nima sababdan bunday «qaxramonlik»ka qo‘l urganligi sababini so‘rabdi. Shunda xaligi erkak, ya’ni Nasriddin Afandi qaroqchini o‘zini chetroqqa tortib:

— «Xoy vaysaqi, menga qara, miyang joyidami o‘zi? Qanaqangi bema’ni qaxramonlik xaqida gapiryapsan? Men qaynonamni qurbon qildirsam, xotinim bir umr menga kun ko‘rsatmagan bo‘lardi, agarda bordi-yu xotinimni qurbon sifatida tanlasam, qaynonam menga bir umr ko‘z ochirmagan bo‘lardi. Shuning uchun xam yaxshisi, bir yo‘la ularning ikkovlaridan qutulish maqsadida, ilojsizlikdan o‘zimni qurbon qilishga rozi bo‘lgandim-da» — deb javob qilgan ekan Nasriddin Afandi.
TELEGRAM KANALIMIZGA A'ZO BO'LING

ADMIN BILAN ALOQA
Like
+0
Do'stlarga ulashing:
Ko'rildi: 100 | Joyladi: MILLIONER
O'xshash kino va seriallar
Bo'limlar
SMS Sevgi sherlari [177]
SMS Ayriliq [96]
SMS Sog'inch sherlar [78]
SMS Tabrik sherlar [55]
SMS odnoklassniki [20]
SMS Ota-Ona haqida sherlar [81]
SMS Do'stlik sherlari [7]
SMS Hazil sherlar [28]
SMS 8-mart sherlar va tabriklar [61]
SMS Tug'ilgan kun sherlar va tabriklar [45]
SMS Navro'z sherlar [55]
SMS Hayit bayrami sherlar va tabriklar [12]
Foydali maqolar [24]
Latifalar [224]
Talabalar haqida Latifalar [88]
Hayotiy hikoyalar [51]
Qo'shiqlar matni [39]
Tasirli Hayoti shelar [43]
Yangiyil bayram sherlari [25]
Sayt statistikasi
Онлайн всего: 5
Гостей: 5
Пользователей: 0