Sayt menyusi

MUSIQA

KLIP

KINO

RASM
REKLAMA
Bizni telegramda kuzating!
18+ Videolar (Kirmang!)
Latifa (Kim qanday…)
Категория: Latifalar

Bir kuni besh nafar notanish kimsa bir ziyofatda birga o‘tirib, o‘zaro suxbatlashib qolishibdi. Ularning suxbatlari mavzusi avtomashinani kim qanday boshqaradi-yu, kimni DAN xodimi necha marta to‘xtatishi xaqida bo‘libdi.

Birinchi kimsa gap boshlab debdi:

— Men avtomashinamda mijozlarni yumushlarini yaxshiroq bitirishga xarakat qilaman. Bir tanishim menga maxsus «tumor» tayyorlab bergan. Doim o‘sha tumorni yonimda olib yuraman. Shuning uchun xam meni DAN xodimlari uch yil davomida bir marta to‘xtatdilar xolos!

— Qoyil — deyishibdi qolganlar.

Gapni ikkinchi kimsa ilib ketibdi:

— Men xam avtomashinamda mijozlarni ko‘nglini olishni maqsad qilganman. Bir tanishim menga ajoyib bir kuchli duoni o‘rgatib qo‘ygan. Men xar doim shu duoni o‘qib yurganligim uchun, DAN xodimlari meni faqatgina besh yil davomida bir marta to‘xtatdilar xolos.

Navbat uchinchi kimsaga kelibdi:

— Men xam mijoz xaqida qayg‘uraman. Lekin xozirgacha 10 yil davomida faqat bir marta DAN xodimi to‘xtatgan xolos — debdi.

— Bunga qanday erishgansan — so‘rashibdi undan qolganlar.

— Chunki men azbaroyi avtomashinani tez xaydaganligimdan DAN xodimlari meni to‘xtatib ulgurmasdan, «post»dan o‘tib ketib bo‘laman — deb javob beribdi.

To‘rtinchi kimsa xam bo‘sh kelmabdi:

— Men xam anchadan beri avtomashina xaydayman. Mana xozirgacha meni 15 yil mobaynida DAN xodimlari bir marta to‘xtatdilar xolos!….

— Zo‘rku! Qanday qilib buni uddalagansan — so‘rashibdi suxbatdoshlari.

— Chunki men qoidani buzmaslikka xarakat qilaman. Ayniqsa, serqatnov joylarda doim «kitobiy» tarzda avtomashinamni boshqaraman — deb javob qilibdi u.

Navbat beshinchi kimsaga kelibdi. U suxbatdoshlariga bir qarab, shunday debdi:

— Meni xam avtomashinam bor. Lekin meni mana 20 yildirki, biror marta DAN xodimi to‘xtatmagan — debdi.

— Seni oldingda bizlar ip esholmay qoldikku — deyishibdi qolgan suxbatdoshlari.

— Axir buni qanday uddalaysan — so‘rashibdi xayratlanib.

— Avvalambor, men avtomashinamni xamma yerda va xar doim qoidaga rioya qilgan xolda boshqaraman. Keyin esa, qolaversa xar xolda o‘zim xam DAN xodimiman axir!…
TELEGRAM KANALIMIZGA A'ZO BO'LING

ADMIN BILAN ALOQA
Like
+0
Do'stlarga ulashing:
Ko'rildi: 33 | Joyladi: MILLIONER
O'xshash kino va seriallar
Bo'limlar
SMS Sevgi sherlari [177]
SMS Ayriliq [96]
SMS Sog'inch sherlar [78]
SMS Tabrik sherlar [55]
SMS odnoklassniki [20]
SMS Ota-Ona haqida sherlar [81]
SMS Do'stlik sherlari [7]
SMS Hazil sherlar [28]
SMS 8-mart sherlar va tabriklar [61]
SMS Tug'ilgan kun sherlar va tabriklar [45]
SMS Navro'z sherlar [55]
SMS Hayit bayrami sherlar va tabriklar [12]
Foydali maqolar [24]
Latifalar [224]
Talabalar haqida Latifalar [88]
Hayotiy hikoyalar [51]
Qo'shiqlar matni [39]
Tasirli Hayoti shelar [43]
Yangiyil bayram sherlari [25]
Sayt statistikasi
Онлайн всего: 8
Гостей: 8
Пользователей: 0