Ummon guruhi haqida
Ummon guruhi 2007 yilda 3 yigitning qo'shiq ijro etishga qiziqishi natijasida havaskor guruh sifatida tashkil topgan.Boshida ular guruhni nomini "Jazo" deya nomlashgan.Bu nom ko'pchilikka yoqmaganligi sababli "Ummon"ga o'zgartirishgan.Guruh sifatida ularning ilk qo'shig'i "Sevaveraman".Ummon hozirgi kunga O'zbekistonda 1-raqamli guruhga aylandi.

Guruhning birinchi konserti 2010-yil 18-sentabrda "Turkiston" yozgi saroyida, ikkinchisi 2011-yil 1-iyun "Istiqlol" san'at saroyida 2 seansda, uchinchisi 2011-yil 17-sentabrda "Turkiston" yozgi sayoriya bo'lib o'tgan.
Ilk klipi: Sevaveraman taronasiga ishlangan klip. Undan keyin "Do'st", "Qanday Unutding", "Yo'q", "Boylik", "Aldangan Qiz", "Vo ajab (Minusa Rizayeva bilan)", Yettinchi qavat" va nixoyat 2014-yil "Eslab qol" taronalariga ham klip ishlashdi.
Aytish joizki, bu guruh internet olamida qo'shiqlari ko'chirib olish auditoriyasi bo'yicha birinchi o'rinda turadi.
Shu paytgacha 150dan oshiq tarona ijro etishgan.



ZOHID


Asl ismi sharifi: Rixsiyev Zohid Olimovich.

Tug'ilgan vaqti: 1990 Yil, 20 mart.

Burji: Ot.

Tamomlagan maktabi: Yunusobot tumani 58-o'rta maktabini tamomlagan.

Oilasi: Oilada 2 nafar farzand singlisi va o'zi.

San'atga ilk qadam: 10 Yoshidan boshlangan.

Ilk qo'shig'i: "Qalbimda baxor" .

Qo'shiq kuylashga sabab: qiziqish.

Vokal: O'zi o'rgangan, lekin Nodir akasi (BONO) yordam qilgan.

Hobbisi: Musiqadan boshqa xechnarsa.

Yoqtirgan taomi: Osh.

Agar qo'shiqchi bo'lmaganda: Rassom bo'lar edi, bo'sh vaqtida xaligacha surat chizib turadi.

O'zbek estradasida yoqtirgan ijodkorlari: Dj-Piligrim, sobiq "Setora" guruxini ko'proq yoqtiradi.

Duet kuylagan bo'lar edi: Dj-Piligrim bilan.

Qo'shiqlar matnini: O'zi yozadi.

Qo'shiqlarining ichida o'ziga eng yoqqani: "Unutolmasman"

Sevgan insoni: yo'q

Nodir "BONO bilan aytilgan qo'shiqlari: 3 ta
"Iboli"
"Yolg'on"
"Yuragim kechir meni".

Qo'shiqlarining mayusligi sababi: Unga shu yo'nalish yoqadi.



SHOHRUX


Asl ism-sharifi: Isamuhammedov Shoxrux Furqatovich.

Tug'ilgan vaqti: 1990-yil 1-aprel.

Burji: Ot.

Tamomlagan maktabi: Yunusobot tumani 117_maktab.

Oilasi: oilada uch farzand. akasi singlisi va o'zi.

San'atga ilk qadam: Ikki yil avval lekin qiziqishi bolaligidan boshlangan

Ilk qo'shig'i: "Ketding" (zohid bilan duetda aytilgan).

Qo'shiq kuylashiga sabab: Yoshligimdan qiziqib xar xil qo'shiqlarni yod olib, xirgoyi qilib yurar edim.

Xobbisi: Internet. Bo'sh vaqtini mazmuni desa xam bo'ladi.

Yoqtirgan taomi: osh.

Agar qo'shiqchi bo'lmaganda: O'simlikwunoslik soxasida iw yuritgan bo'lar edi.

O'zbek estradasida yoqtirgan ijodkorlari: Shoxrux Repper va Shoxruxxon.

Duet aytishni hohlaydi: Shoxruxxon bilan.



JASUR


Ism sharifi: Rafiqov Jasur Iskandarovich.

Tug'ilgan vaqti: 1991-yil 30-sentabr.

Burji: Qo'y.

maktabi: Yunusobot tumanidagi 58-o'rta maktabini tamomlagan.

Oilasi: besh nafar farzandni uchunchisi

San'atga ilk qadam: 2007-yil boshlangan.

Ilk qo'shig'i: " qo'y yig'lama ".

Qo'shiq kuylashga sabab: yoshligidan qiziqadi.

Hobbisi: ko'proq shou-biznes yangiliklariga qiziqadi.

Yoqtirgan taomi: osh, dimlama.

Agar qo'shiqchi bo'lmaganda: Rejissiyor yoki aktyor bo'lar edi.
Категория: Xonandalar | Добавил: MILLIONER (26.09.2014)
Просмотров: 40543 | Комментарии: 1 | Теги: Ummon Biografiyasi, Ummon guruhi haqida | Рейтинг: 2.1/82
Всего комментариев: 1
Diko
Diko Гости 29.10.2014, 11:22 Спам
Malades
0