Kemal rolini ijro etgan Burak O'zchivit haqida.
Sevgi Iztirobi: Burak O'zchivit hayoti va ijodi haqida
Serial muhlislarining “Muhtesem yuzyil”(Великолепный век) serialidagi Malkachioglu Balibey roli bilan yuragidan joy olgan Burak O’zchivit 1984 yil 24 dekabrda Turkiyaning janubi-sharqida joylashgan Mersin shahrida dunyoga kelgan.
Yoqimtoy tashqi ko’rinishi, 184 sm bo’lgan baland bo’yi, huchbichim qomati uni omadli karyera kutib turgan modellik biznesi tomon yo’lladi.2003 yil Burak O’zchivit uchun juda omadli keldi. U “Best Model of The World” (Dunyoning eng yaxshi modeli) tanlovida 2 chi o’rinni egalladi, erkaklar o’rtasida o’tkazilgan “Best Model of Turkey” (Turkiyaning eng yaxshi modeli) tanlovida g’olib bo’ladi va yana “Marie Claire” hamda “Gloria Magazine” jurnali muqovasi uchun ham suratga tushadi.
Yosh model doimo filmlarda suratga tushishni orzu qilardi va shuning uchun badiiy ta’lim olishga qaror qiladi.
Modellik biznesi bilan bir qatorda Burak Istambuldagi Marmar universitetining nafis san’at fakultetida o’qiydi.
Bu vaqtda Burak Turkiyaning eng mashhur modellaridan hisoblanardi va Yevropaning mashhur brendlari bilan ham hamkorlik qilishga ulgurgandi. Modellik sohasida eng talabgor modellardan biri edi.Faqat 2006 yilda Burak turk kinemotograflarining e’tiboriga tushdi. Uni “Eksi 18”(Minus 18) filmida kichkina rol uchun taklif etdilar. Bu arzimagan rol bo’lsada, Burak tomoshabinlar yodida qoldi va bir yildan keyin unga o’tkir syujetli triller “Musallat” filmida suratga tushishni taklif etdilar. Biroz vaqt o’tgach “Zoraki Koca”(Majburiy er) serialida bosh qahramon – Omerning rolini ijro etadi.
Omer boy va e’tiborli oilada katta bo’lgan bo’ladi. U erkatoy, barcha narsaga mehnatsiz erishishga o’rganib qoladi. Bu erkaliklar uni qimorga chorlaydi va otasining pullarini yutqizib qo’yadi. Bundan hafa bo’lgan ota-ona uni uylantirishga qaror qilishadi va otasining biznes hamkori bo’lgan kishining Ayshe ismli qizini kelinlikka tanlashadi."Eksi 18" filmidan"Musallat" filmidan2008-2009 yillar oralig’ida Burak O’zchivit ijrosidagi “Baba ocagi” (Ota uyi) nomli film ekran yuzini ko’radi. 2010 yilda Burakka “Ihanet”(Xiyonat) filmida yana bosh rol ijrosini taklif etadilar. Bu serialda u politsiyachi Emir rolini gavdalantiradi. Bir yildan so’ng Burak O’zchivit “Küçük Sırlar”(Kichik sirlar) serialida suratga tushadi.Talabgor aktyor, o’z karyerasiga ega bo’lishiga qaramasdan Burak O’zchivitning bor iqtidorini namoyon qilishi uchun nimadur kamlik qilayotgandek tuyulardi. Va nihoyt 2011 yil unga yana omad kulib boqdi. Burakni Osman imperiyasi haqidagi eng mashhur “ MuhteşemYüzyıl “(Muhtasham asr” serialida qo’rqmas vajasur harbiy Malkachioglu Balibey rolini mahorat bilan ijro etdi.
Ushbu qahramon roli Burak tomonidan qoyilmaqom ijro qilinib, chet davlatlaridagi millionlab muhlislarning e’tiborini qozondi.
Burak O’zchivit jo’p millatlar yoqimtoyiga aylanib, juda ko’p muhlisalarning yuragini zabt etdi.
2013 yilda Burakni Reshat Nuri Guntekinning asari asosida 3chi bor ekranlashtirilgan “Çalıkuşu”(Choliqushi) serialida bosh qahramon Kemranning rolini ijro etadi.
Feride rolida yosh turk aktrisasi Fahriye Evdjen suratga tushadi.
Burak O’zchivit futbol o’ynashni, chiroyli avtomobillarni juda ham yaxshi ko’radi.
Ingliz tilini yaxshi biladi.
2014 yilda u Istambulda o’zining «Balibey Döner» nomli shaxsiy restoranini ochadi.
O’zining jozibador ko’rinishi, millionlab muhlisalar, cheksiz iqtidoriga qaramasdan yosh turk aktyori va modeli ancha vaqtgacha uylanmay yurdi.
U yosh turk modeli Ceylan Çapa bilan jiddiy munosabatda bo’lgan, ammo ularning munosabatlari brogan sari murakkablashib bordi.
Bunga tasvirga olish grafiklari to’laligi va Jeylanning kuchli rashki sabab bo’ldi.
2015-yil Burak O’zchivit yana muhlislariga quvonch bahsh etib o’tkir syujetli drama janrida suratga olingan “Kara Sevda”(Sevgi iztirobi) serialida o’z sevgilisiga yetishish uchun barcha narsaga tayyor bo’lgan oshiq – Kemal rolini qoyilmaqom qilib ijro etib, muhlisalar sonini yanada ko’paytirdi.Bir necha yil oldin Burak O’zchivit o’zining prodyusserlik kompaniyasiga asos soldi va o’zining birinchi filmining bosh qahramoni roliga Miss Turkiya – 2014 g’olibasi Amine Gülseni taklif qilishga qaror qildi.

Keyinchalik esa o’zgarish sodir bo’lgani, bosh qahramon rolini Fahriye Evdjen ijro qilishi ma’lum bo’ldi.
Burak va Fahriye yana sevishganlar rolini birga ijro etishadi.
Shundan keyin ularning o’rtasida ishqiy munosabatlar borligi haqida mish-mishlar tarqaldi.
Va nihoyat, mish-mishlar haqiqatga aylandi.
Burak 2017-yil 9 mart kuni Germaniyada Fahriye bilan unashtirildi.
Ikki mashhur turk yulduzlarining to’yi 2017 yili 29 iyun kuni Istambulda bo’lib o’tdi.
Категория: Aktyor va Aktirisalar | Добавил: MILLIONER (11.10.2017)
Просмотров: 2293 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0