Umringda hech Yig'laganmisan
Umringda hech Yig'laganmisan ? Kimnidur Sog'inganingdan ? Kipriklaring namlanganini közlaringdagi tökilishga tayyor bölib turgan yoshlaringni yashirishga uringanmisan hech... Kimnidir jon joningdan Sevganing uchun... Bugun judayam sog'indim. Lekin, lekin endi seni qayerdan topaman? Sen ketgan kuning uzoq ötmishga jaxl qilib uloqtirgan yuragimdanmi? Yoki, yoki hokisor öksinib ado bölgan ojiz sevgimdanmi? Koshki hayot yöllari bizni uchrashtirmaganda edi, Koshki seni hech uchratmaganimda edi... Kuni kelib qachonki, otmay qolsa tong. Vaqt ham to'xtasay-u urmay qolsa bong. O'lsamu o'ylashdan to'xtab qolsa ong. Balki, unutarman o'shanda seni. Kunim bitib tanamni tark etsa jonim. Tomirimda qotsa oxirgi qonim. Shu kuni qabrimga qo'ysalar meni. Balki, unutarman o'shanda seni.!!! Yillar o'tib o'lurman men ham, Jonsiz tanam qolsa yoningda. Ko'z yoshlarin to'kma alamdan, Men yasharman sening qalbinda. Sog'inch bir zum tinchlik bermasa, Yodga olgin baxtli kunlarni. Sen kuyinma orom bersa bas, O'tkazmagin bedor tunlarni. Suratimni qo'linga olib, To'yib to'yib unga qaragin. Va mahkam bag'ringa bosib, Avaylagin uni asragin. Balki jismim yoningda emas, Ammo ruhim doim qalbinda. Balki örnim hech kim bosolmas, Qolsam bo'ldi mangu qalbinda...
Категория: Tasirli Hayoti shelar | Добавил: MILLIONER (07.12.2017)
Просмотров: 2621 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0