Assalomu aleykum onam
Assalomu aleykum onam , Boğlarimda rayhonim lolam. Yaxshi dam ol derdingiz bolam , Onajonim uyg'ona qoling. Boshlarimda silardiz kunda Bugun ertak aytmadiz tunda Mana man uyg'ondim tongda Onajonim uyg'ona qoling Turing ona tong ham otibdi Ukalarim hamon yotibdi Qo'llaringgiz sovuq qotibdi Onajonim uyg'ona qoling Nega buncha uxladiz uzoq Yuzlaringgiz nurlardek oppoq Libosinggiz qorlardan ham oq Onajonim uyg'ona qoling Uyimizga keldi mexmonlar Choy nonlar yoq qup quruq honlar Yig'lashadi nega xolamlar Onajonim uyg'ona qoling Közingiz nam yiğladingizmi Qalbingizni tig'ladingizmi Kop ish qilib charchadingizmi Onajonim uyg'ona qoling Kop yotdingiz oğrib qolasiz Mana doriz qolga olasiz Suv beraymi ichib olasiz Onajonim uyg'ona qoling Nega jimsiz kimdan xafasiz Õpib qoysam lom mum demaysiz Gapirsam ham javob bermaysiz Onajonim uyg'ona qoling Dadam yiğlar uyning chetida Köz yoshlari turar betida Artay desam unamadila Onajonim uyg'ona qoling Mexringgizni manga kõchiring Ranjitsam gar qalbdan õchirin Xafa qilsam mani kechiring Onajonim uyg'ona qoling Mayli onam turing demayman Sizni quchib man ham uxlayman Man sizni xech kimga Xech kimga bermayman Onajonim uyg'ona qoling ........!
Категория: Tasirli Hayoti shelar | Добавил: MILLIONER (07.12.2017)
Просмотров: 2443 | Рейтинг: 1.0/1
Всего комментариев: 0