Institutda dars beradigan domla kasal bo`lib qolibdi
Institutda dars beradigan domla kasal bo`lib qolibdi. Domlani bir talaba ko`rgani kelibdi.
Talaba: Xa domla nima bo`ldi? Itdek ozib ketibsizku! Domlani bu gapdan keyin battar mazasi qochibdi. Keyin yana bir talaba domlani ko`rgani kelibdi. Domla ikkinchi kelgan talabaga, birinchisini yomonlab ketibdi. Qara men o`zim o`qitib, talim bergan shogirdim meni itga tenglashtirdi.
Ikkinchi talaba: Ey domla xafa bo`lmang. Yaxshi bo`lib sog`ayib ketasiz, cho`chqaday semirib ketasiz xali. Domla avvalgidan xam battar bo`lib qolibdi. Keyin domlani eng yaqin do`sti kelibdi. Keyin domla do`stiga talabalarni ikkisini xam yomonlabdi:
Ey do`stim, men o`zim o`qitib odam qilgan shogirdlarimni qara, bittasi itga, ikkinchisi cho`chqaga tenglashtirdi nomardlar! Bu gaplarni eshitib do`stini jaxli chiqib ketdi: Ey sen umuman ko`nglinga olma. Bu ikkala shogirding xam aslida odamdan emas, eshakdan talim olgan ekan! )))
Категория: Talabalar haqida Latifalar | Добавил: MILLIONER (24.02.2017)
Просмотров: 1265 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0