Ha, domla nima bo'ldi?
Institutda dars beradigan domla kasal bo'lib qolibdi. Domlani bir talaba ko'rgani kelibdi.
Talaba:
— Ha, domla nima bo'ldi? Itdek ozib ketibsizku!
Domlani bu gapdan keyin battar mazasi qochibdi.
Keyin yana bir talaba domlani ko'rgani kelibdi. Domla ikkinchi kelgan talabaga, birinchisini yomonlab ketibdi. Qara men o'zim o'qitib, talim bergan shogirdim meni itga tenglashtirdi.
Ikkinchi talaba:
— Eh, domla hafa bo'lmang. Yaxshi bo'lib sog'ayib ketasiz, cho'chqaday semirib ketasiz hali.
Domla avvalgidan ham battar bo'lib qolibdi.
Keyin domlani eng yaqin do'sti kelibdi. Keyin domla do'stiga talabalarni ikkisini ham yomonlabdi:
— Ey do'stim, men o'zim o'qitib odam qilgan shogirdlarimni qara, bittasi itga, ikkinchisi cho'chqaga tenglashtirdi nomardlar!
Bu gaplarni eshitib do'stini jahli chiqib ketdi:
— Do'stim, sen umuman ko'nglinga olma. Bu ikkala shogirding ham aslida odamdan emas, eshakdan ta'lim olgan ekan!
Категория: Talabalar haqida Latifalar | Добавил: MILLIONER (24.02.2017)
Просмотров: 1462 | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0