Tug‘ilgan kun uchun SMS tabriklar — matn — Xamkasblarga (Erkak kishiga)
Tug‘ilgan kuningiz bilan tabriklaymiz! Mustaxkam sog‘lik va muvaffaqqiyatlar tilaymiz! Xulqingiz, mexnatsevarligingiz bilan jamoamiz diqqat markazida qoling! Tug‘ilgan kuningiz bilan!

Tavallud ayyomingiz bilan! Insoniy fazilatlaringiz bilan korxonada obro‘-e’tiboringiz yanada mustaxkamlanib borsin! Tavallud kuningiz muborak!

Tavallud kuningiz bilan muborakbod etamiz! Metinday sog‘lik, oilaviy to‘kin-sochinlik, forovon turmush, qut-baraka, baxt-saodat tilaymiz! Tavallud ayyomingiz muborak!

Tavallud ayyomingiz muborak! Ulkan yutuqlar soxibi bo‘ling! Jamoada o‘z o‘rningizga ega bo‘ling! Yosh avlodga o‘rnak bo‘ling! Tavallud kuningiz qutlug‘ bo‘lsin!

Tavallud kuningiz bilan qutlaymiz! Oilaviy baxt-saodat, to‘kin-sochinlik va baxt qushi nasib etsin! Mustaxkam salomatlik va kuch-g‘ayrat tark etmasin! Tavallud ayyomingiz muborak!
Категория: SMS Tabrik sherlar | Добавил: MILLIONER (19.03.2021)
Просмотров: 5939 | Теги: tabriklar | Рейтинг: 5.0/3
Всего комментариев: 0