Nihoyatda mayin va xushbo’y isli makkajo’xorilarni uy sharoitida ham bemalol tayyorlash mumkin. Buning uchun xom makkajo’xori va ozroq sariyog’ bo’lsa bas!
Makkajo’xorilarni tayyorlashning eng oddiy va keng tarqalgan usuli – ularni qaynatib pishirish o’lib, ammo bizlar bugun sizlarga makkajo’xorilarni pechda pishirib ko’rishni tavsiya qilamiz.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 6 000 so’m pul sarflanadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qilinadi.
1 290
Masalliqlar:
4 dona xom makkajo'xori
100 gramm sariyog'
ta'bga qarab ziravorlar
ta'bga qarab tuz va murch
Qadam 1
Tugllandi
Makkajo'xoriga tuz va murch sepamiz. Xohishga qarab yana boshqa ziravorlardan ham sepish mumkin.
Qadam 2
Tugllandi
Sariyog'ni bo'laklarga bo'lamiz va har bir makkajo'xoriga teng taqsimlaab, alohida-alohida folga qog'oziga o'rab chiqamiz.
Qadam 3
Tugllandi

180 C darajada qizigan pechga qo'yib, 50-60 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Yoqimli ishtaha!