Информация: Kelgan keldi , ketgan ketti
Men qalbimni o'ya qoldim
Kelgan ketti , ketgan keldi
Men indamay qo'ya qoldim
Suymaganga suykalmadim
Suykalganni xech suymadim
Tark etganda suyganlarim
Men indamay qo'ya qoldim
Dushman qiyos do'stlar chiqdi
Jim xazilga yo'ya qoldim
Goho ortdan pichoq tiqdi
Men indamay qo'ya qoldim
Goh tovonga toshlar botdi
Ko'zda yoshmas qonlar qotdi
Hayot dardni dilga otdi
Men indamay qo'ya qoldim
Sevdim dedi bir qalam qosh
Yurak aytti qo'yvorma shosh
Bulut yopti yuzin quyosh
Men indamay qo'ya qoldim
Boshim egdim bosh egganga
Qo'l uzattim qo'l berganga
Xasadgo'yu zo'r berganga
Men indamay qo'ya qoldim
Ortdan toshin otti kimlar
OLLOH dedim Unga soldim
Yo'q sirimni sotti kimlar
Men indamay qo'ya qoldim
Yugurganni yurib yegdim
Yurganlarni turib yengdim
Hammasini kulib yengdim
So'ng indamay qo'ya qoldim
Quruq gapdan xech foyda yo'q
Gapga qorin bo'lmaydi to'q
Gapir so'zing bo'lsa gar o'q
Men indamay qo'ya qoldim
Kelgan ketti , ketgan keldi
Men indamay qo'ya qoldim !!!
Men indamay qo'ya qoldim
Оставить комментарий