Музыка по альфавиту: A | B | C | D | E | F | G | H | I | J | K | L | M | N | O | P | Q | R | S | T | U | V | X | Y | Z | 0-9

0

Kimsiz deya so'raganding

Автор: ADMINISTRATORкатегория: SMS Sevgi sherlari 2018 - 2019дата: 28.02.2020
Kimsiz deya so'raganding "Kimsiz?" Deya so'rading mendan
Vujudimni chulg'adi titroq.
Tanimading,...ahir bir paytlar
Sevgimizga qo'yganding oyoq.

"Kimsiz?" Deya so'rama mendan
Eshitmasding ahir so'zimni.
Ishq va nafrat kurashar tanda
Arang tutib turibman o'zni.

"Kimsiz?" Deya so'rama mendan
Shu bir so'zing qalbim tilyapti.
Ahir seni unutmagandim,
Unutganing alam qilyapti.

" Kimsiz? " Deya so'rama mendan,
Ayirmagan bizlarni hayot.
Faqat o'zing o'zgani tanlab,
Qayrilmading ursamda faryod.

" Kimsiz? " Deya so'rama mendan
Gapirmoqqa yurak qo'ymasa.
Senga qanday aytishim mumkin,
Kimligimni o'zim bilmasam.

" Kimsiz? " Deya so'rama mendan
Savolingdan chekyapman ozor.
Menman ketgan yo'lingga boqib,
Qaytishingni kutgan-INTIZOR.

Menman shirin so'zingga uchib
Yolg'onlaring bag'rin tig'langan.
Tunda achchiq azoblar ichib,
Armonlarni quchib yig'lagan.

Men aldamchi ko'zlaring sevib,
Quchog'ingga o'zin otgan qiz.
Hiyonat va mazah toshlari
Yuragiga og'ir botgan qiz.

Теги: soraganding, deya, Kimsiz

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.