Главная » Qiziqarli bo'limlar » SMS sherlar » SMS Sevgi sherlari » Bir go‘zal tuyg‘uni ko‘ngilga berdik

Bir go‘zal tuyg‘uni ko‘ngilga berdik

Название:
Bir go‘zal tuyg‘uni ko‘ngilga berdik
Рейтинг:
Год и страна:
Жанр:
Голосов:
+2
Просмотров:
1689
Время:
Информация: Bir go‘zal tuyg‘uni ko‘ngilga berdik,
Tuyg‘uga ko‘ngilni berdik ehtimol.
Biz uchun dunyoga toza ishq keldi,
Ishq uchun dunyoga keldik ehtimol .

Nigohlar, qarashlar, nafasimiz bir,
Qalbda kurtak yozar orzu, ehtiros.
Sevgi vodiysida havasimiz bir,
Ammo g‘ussa bunda qilar e'tiroz.

Sog‘inchda yashirin, sitamda pinhon,
Azob ham, og‘riq ham ovunsin mayli.
Taqdir so‘qmog‘ida, malikam, ishon,
Sevgi qadr topar g‘ussa tufayli.

Shukr qil,
Ishq sabab olam bir butun.
Qara, dunyo go‘zal bergin e'tibor.
Ehtimol muhabbat omon biz uchun ,
Omonmiz muhabbat uchun ehtimol!..


avatar