Главная » Qiziqarli bo'limlar » SMS sherlar » SMS Sevgi sherlari » Bilmadim Qay so'zga zor edim

Bilmadim Qay so'zga zor edim

Название:
Bilmadim Qay so'zga zor edim
Рейтинг:
Год и страна:
Жанр:
Голосов:
+3
Просмотров:
1334
Время:
Информация: Bilmadim, qay so'zga zor edim...
"Ketaymi!.."- So'rading ketma ket...
Bor dedim, Allohim yor dedim,
Hech yo'qsa o'zingni baxtli et.

Ishq yo'li... Ishq yo'li... Ishq yo'li...
Yurishni bilmagan yo'lim bu.
Ket dedim!..Yo tangrim! Ket dedim...
O'limga o'xshagan o'lim bu.

"Ketaymi..." So'rading ketma-ket,
Ko'ngil degan ka'ba buzildi.
Saqlaganim ming yillik ko'z yosh,
Ko'zdan emas, jondan uzildi...

O yuragim, qanday bo'ldik biz,
Baxtda qoloq, sevgida qoloq.
Yomg'ir bo'ldi men to'kkan yoshlar,
Kimdir uchun "Yomg'ir yog'aloq".

Ketishga shaylangan kim edi?..
"Ketaymi?.." So'rading ketma-ket.
Ket dedim... Ket dedim... Ket dedim...
Ketma! KET... Ketma! KET... Ketma! KET!..




  • avatar