Информация: Onajon kechiring bilmadim nega
Qizingiz undayin sherlar yozyapdi ,
Qaylarga borishim aytmay xech kimga ,
Kimsasiz orolga ketgim kelyapdi ...
Yuragim og'ridi yolg'on so'zlardan,
Charchadim tikilgan yolg'on ko'zlardan ,
Yiroqlab soxta dil Dost-u qizlardan ,
Kimsasiz orolga ketgim kelyapdi ....
Omadim kelganda soyamdek birga ,
Omadim ketganda qorishar yerga ,
Dardimni ishonib aytayin kimga ,
Kimsasiz orolga ketgim kelyapdi. ..
Daraxtlar tog'u Tosh ko'kdagi qushlar ,
Soxta insonlardan yaxshiroq ular ,
Xayolga cho'ktirib azoblar tunlar ,
Kimsasiz orolga ketgim kelyapdi. ..
Juda ko'p dardlarim sizga aytmagan ,
Aytgani qo'rqaman yig'lamang deyman,
Yetar men dard chekdim siz chekmang onam
Kimsasiz orolga ketgim kelyapdi ...
Baqirsam yordamga xech kim kelmasin ,
Chekgan azobimni do'stlar bilmasin ,
Ichki dushmanlarim ko'rib kulmasin ,
Kimsasiz orolga ketgim kelyapdi. . .
Dardlari tog'dan xam ulkan qzingiz,
Parchalanib ketar siz yig'lasanggiz
Bir gap aytar edim ranjimasanggiz,
Kimsasiz orolga ketgim kelyapdi. .
Aqldan ozmasam bo'ldi shu kunlar
Nargiza boshqacha bo'lib qolyapdi ,
Ko'zlarim yoshini Yostig'im artar ,
Kimsasiz orolga ketgim kelyapdi. . .
Onajon kechiring
Оставить комментарий