Информация: Ota - onangdan boshqa
O'ylamas seni xech kim
Ish kelib tushsa boshga
O'zing uchun o'l yetim
Seni ishingni birov
Qilib bermaydi darrov
Yo'lda qolsang ham yayov
O'zing uchun o'l yetim
Bo'lsa hamki do'stu yor
Ularning ham ishi bor
Hammaning tashvishi bor
O'zing uchun o'l yetim
Ishing ketsa teskari
Omad bo'lsa sal nari
O'girsalar yuz bari
O'zing uchun o'l yetim
Bandadan so'rab panox
Bekorga tortmagin ox
Panoxni berar OLLOX
O'zing uchun o'l yetim
Birovning yelkasiga
Bosh qo'yib olma tinim
Minnat eshitmay desang
O'zing uchun o'l yetim
Seni yeringni kelib
Qo'shning ag'darmas inim
Yo'q yordamni kutmagin
O'zing uchun o'l yetim
Aytmak bo'ldi Javohir
Do'stim eshit bir chetin
Suyanmasdan xech kimga
O'zing uchun o'l yetim !!!
O'zing uchun o'l yetim
Оставить комментарий