Главная » Qiziqarli bo'limlar » SMS sherlar » SMS Ota-Ona haqida sherlar » Daryo misol toshqin orzu-o'ylarim,

Daryo misol toshqin orzu-o'ylarim,

Название:
Daryo misol toshqin orzu-o'ylarim,
Рейтинг:
Год и страна:
Голосов:
+0
Просмотров:
1426
Время:
Информация: Daryo misol toshqin orzu-o'ylarim,
Yetti iqlimga yetmoqda kuylarim,
Qadamni keng tashlab, shuni o'yladim
xalqim uchun sodiq o'g'lon bo'laman.

Ota-onam elim ishonchin oqlash,
tuprog'imni xar gardini ardoqlash,
Mening uchun sharaf vatan deb yashash,
xalqim uchun sodiq o'g'lon bo'laman.

Bu yo'llarda qancha zahmat bo'lsa ham,
Iplolmaydi deya, kimlar kulsa ham,
omonat jon yov qo'lida qolsa ham,
xalqim uchun sodiq o'g'lon bo'laman.

Ko'rdim sotqin, Egilgan mag'rur boshlar,
Bor ekanmiz to'kilmas be sabab ko'z yoshlar
O'zbekiston" kelajagi bizlar yoshlar
Xalqim uchun sodiq o'g'lon bo'laman.

Yuragimda bir xis-tuyg'u Shiddat toshar,
Ona-yurtning mexri qalbga ijod qo'shar;
Mard yigitlar faqat vatan deb yashar,
xalqim uchun sodiq o'g'lon bo'laman.

Xudoyberdi ko'rmoqdasan Hayot chigal,
Mag'rur boshni arzimagan fikr egar
She'rlaringla ibrat bergin Izgulik ber
Xalqing uchun sodiq o'g'lon, Farzand bo'lgin.

Xudoyberdi To'ychiyev.




  • avatar