Информация: Baxt-u iqbol zafarlar quchdim,
Ota-onam duosi bilan,
tangrim yuzim yoriq qildi lek,
Og'a-inim do'st bo'lmadilar.
Quvonsam gar, xafa bo'ldilar,
ranjisam gar xandon kuldilar,
Begona ham do'stim bo'ldilar,
Og'a-inim do'st bo'lmadilar.
Yuksak marra quchgan chog'imda,
G'iybat otdi, yo'qlik chog'imda
ko'rganlar ham qoldilar dog'da
og'a-inim do'st bo'lmadilar.
Qancha jonim kuydi bo'lmasa,
Qiyin ekan anglab yetmasa,
Naxot zarra qadrim bilmas-a?
og'a-inim do'st bo'lmadilar...
Begonani senla ishi yo'q
O'zingniki o'zak uzarkan,
Joningdan ham o'tib ketarkan,
Og'a-inim do'st bo'lmadilar.
Xudoyberdi To'ychiyev
Baxt-u iqbol
Оставить комментарий