Меню сайта

МУЗЫКА

Клипы

Фильмы

Фото
Реклама
Bizni telegramda kuzating!
18+ Videolar (Kirmang!)
Navro'z bayramiga eng yagi sherlar to'plami
Категория: SMS Navro'z sherlar


Bolalar varragi xayolni olgan.
Badom gullaridan, quvonadi ko'z.
Dillardan mutlaqo g'ubor yo'qolgan.
Hush kelding baxor, hush ko'rdik navruz.

Anhorlar oqmoqda suvlarga to'lib.
Shukronalik aytdim tinchlikni ko'rib.
Mustaqil diyorga, bezaklar bo'lib.
Xush kelding baxor, hush ko'rdik navroz.

Navro'zda ulashing ezgu tilaklar.
Axir tilak bilan, kamaymaydi so'z.
Baxor gullaridek yashnab yuraklar.
Xush kelding baxor, xush ko'rdik navro'z.

Ҳадемай настарин гуллайди бодраб,
Осмонга ҳушимни элтиб ифори.
Қуёшли шудринглар тушар эрталаб.
Ювиб диллардаги қишнинг ғуборин.

Ҳадемай қалдирғоч келади қайтиб,
Ўрик шоҳларида бўртар довучча,
Турналар азалий қўшиғин айтиб,
Сумалак пишади тонг отгунича.

Ҳадемай лолалар бўсадек титраб,
Тоғлар виқорига мунис боқарлар,
Яна неча-неча ошиқлар йиғлаб,
Бир-бирин бағрида гулҳан ёқарлар.

Менинг бир куним ҳам кун деб Қиш ночор,
Кетолмай қор сепиб туради ҳануз,
Бир куй яралади,Қуёш бастакор,
Ҳадемай Наврўздир, ҳадемай Наврўз!

Baxor gullaridan guldasta sizga
Chin qalbim tabrigi payvasta sizga
Bir asr yashanggu, ya'na nim chorak
NAVRO'ZI OLAM bo'lsin muborak

Soginchlardan yasay sizga guldasta
Guldasta qilib qalbim payvasta
Olislardan turib deyman men asta
Navrözi ayyom muborak bo'lsin!

Avval yuragingga mo‘ralaydi u,
So‘ngra kurtaklarga o‘rgatadi so‘z.
Zaminning ko‘zidan qochadi uyqu,
Demak, Bahor keldi,
Kelmoqda Navro‘z.

Qishning ahvoliga boqib hoynahoy,
Yum-yum yosh to‘kmoqda eriyotgan muz.
Jilva qilayotir tengsiz bir chiroy,
Demak, Bahor keldi,
Kelmoqda Navro‘z.

Ona bag‘ri kabi iliqdir olam,
Harir hovur ichra yayrar dala-tuz.
Qoldi puchmoqlarda xazon yanglig‘ g‘am,
Demak, Bahor keldi,
Kelmoqda Navro‘z.

Yana ko‘ngillardan rutubat ketdi,
Yana shu’lalardan qamashmoqda ko‘z.
Yana dildorlikning fursati yetdi,
Demak, Bahor keldi,
Kelmoqda Navro‘z.
СКАЧАТЬ В TELEGRAM

Администрация
Like
+0
Do'stlarga ulashing:
Просмотр: 63 | Добавиль: MILLIONER
Похожие информация
Категории
SMS Sevgi sherlari [177]
SMS Ayriliq [96]
SMS Sog'inch sherlar [78]
SMS Tabrik sherlar [55]
SMS odnoklassniki [20]
SMS Ota-Ona haqida sherlar [81]
SMS Do'stlik sherlari [7]
SMS Hazil sherlar [28]
SMS 8-mart sherlar va tabriklar [61]
SMS Tug'ilgan kun sherlar va tabriklar [45]
SMS Navro'z sherlar [55]
SMS Hayit bayrami sherlar va tabriklar [12]
Foydali maqolar [24]
Latifalar [224]
Talabalar haqida Latifalar [88]
Hayotiy hikoyalar [51]
Qo'shiqlar matni [39]
Tasirli Hayoti shelar [43]
Yangiyil bayram sherlari [25]
Наш опрос!
Saytimizga ko'proq nimalar joylanishini xoxlaysiz?
Всего ответов: 20
Websaytimiz Sizga yoqadimi ?
Всего ответов: 8
Статистика
Онлайн всего: 2
Гостей: 2
Пользователей: 0