Информация: Soginchlardan yasay sizga guldasta
Guldasta qilib qalbim payvasta
Olislardan turib deyman men asta
Navrözi ayyom muborak bo'lsin!
Avval yuragingga mo‘ralaydi u,
So‘ngra kurtaklarga o‘rgatadi so‘z.
Zaminning ko‘zidan qochadi uyqu,
Demak, Bahor keldi,
Kelmoqda Navro‘z.
Qishning ahvoliga boqib hoynahoy,
Yum-yum yosh to‘kmoqda eriyotgan muz.
Jilva qilayotir tengsiz bir chiroy,
Demak, Bahor keldi,
Kelmoqda Navro‘z.
Ona bag‘ri kabi iliqdir olam,
Harir hovur ichra yayrar dala-tuz.
Qoldi puchmoqlarda xazon yanglig‘ g‘am,
Demak, Bahor keldi,
Kelmoqda Navro‘z.
Yana ko‘ngillardan rutubat ketdi,
Yana shu’lalardan qamashmoqda ko‘z.
Yana dildorlikning fursati yetdi,
Demak, Bahor keldi,
Kelmoqda Navro‘z.
Kelmoqda Navro‘z.
-
Айлабон лутфу-карам, наврўзи олам келдилар,
Hush kelding navruzim O'zbekistonga
Navrözi ayyomingiz muborak bo'lsin!
21-Mart Navro'z bayrami Tabrik Sherlari
Наврўз Шерлар Табриклар
Navro'z Haqida (21-mart)
Xush kelding baxor, xush ko'rdik navro'z.
21-Mart navro'z bayrami uchun she'r
Navro'zi olam keldilar...
Hush kelding baxor, hush ko'rdik navruz.
Оставить комментарий