Главная » Qiziqarli bo'limlar » SMS sherlar » SMS Navro'z sherlar » Bahor keldi, Kelmoqda Navro'z!

Bahor keldi, Kelmoqda Navro'z!

Название:
Bahor keldi, Kelmoqda Navro'z!
Рейтинг:
Год и страна:
Голосов:
+3
Просмотров:
366
Время:
Информация: Avval yuragingga mo'ralaydi u,
So'ngra kurtaklarga o'rgatadi so'z.
Zaminning ko'zidan qochadi uyqu,
Demak, baxor keldi. Kelmoqda navro'z!
Qishning axvoliga boqib hoynahoy,
Yum-yum yosh to'kmoqda eriyotgan muz.
Jilva qilayotir tengsiz bir chiroy,
Demak, baxor keldi. Kelmoqda navro'z!
Ona bag'ri kabi iliqdir olam,
Harir hovur ichra yayrar dala-tuz.
Qoldi puchmoqlarda xazon yanlig' g'am,
Demak, baxor keldi. Kelmoqda navro'z!
Yana ko'ngillardan rutubat ketdi,
Yana shulalardan qamashmoqda ko'z.
Yana dildorlikning fursati yetdi,
Demak, baxor keldi. Kelmoqda navro'z!




  • avatar