Yigit bo`lsang-so`zing erda qolmasin,
Yigit bo`lsang-so`zing erda qolmasin,
Yigit bo`lsang-oshing birov olmasin,
Yigit bo`lsang-tog`ni talqon qilib ko`r,
Yigit bo`lsang-balolarga qarshi tur.
Yigit bo`lsang-ema birovning haqqin,
Yigit bo`lsang-ko`pdan nasihat o`qqin.
Yigit bo`lsang-o`z kuchinga ishongin
Yigit bo`lsang-g`olib chiq va quvongin.
Yigit bo`lsang-qasam ichma, hech qachon,
Yigit bo`lsang-mahkam tut qo`lda imon.
Yigit bo`lsang-yor tanlashda adashma,
Yigit bo`lsang-etti u`lcha, hech shoshma.
Yigit bo`lsang-onajoning rozi qil,
Yigit bo`lsang-otangni podshoh deb bil.
Yigit bo`lsang-aralashma g`iybatga,
Yigit bo`lsang-qolib ketma tuhmatga.
Yigit bo`lsang-halol topgin noningni,
Yigit bo`lsang-Vatanga ber joningni.
Yigit bo`lsang-kuch-quvvatda tengsiz bo`l,
Yigit bo`lsang-chavandozu engsiz bo`l.
Yigit bo`lsang-oila qurgin ota bo`l,
Yigit bo`lsang-topib olgin to`g`ri yo`l.
Yigit bo`lsang-saqla nomus, oringni,
Yigit bo`lsang-yig`latma o`z zoringni.