Ramazon oyi muborak (Ramazon uchun sherlar, tilaklar)
Shaytonlar bu kunda xibsda bo'lar.
Ey do'stim erinmang masjidga boring.
Tangrim sabringizni imtihon qilar.
Ramazon oyida poklanib oling.

Bu oyda yashnaydi jamiyki dillar.
Oxirat kuniga hujjatli bo'ling.
Muslima singillar. Muslim akalar.
Ramazon oyida poklanib oling.

Balki nasib etmas kelasi yilga.
Qalbga xavotirlik xissini soling.
Qur'on tilovati ila naqsh solib dilga.
Ramazon oyida poklanib oling.

Bu dunyo besh kundir, kimdadir 3 kun.
Masiyat qolibin sabrla yoring.
Fursatni boy bermang aqalli bugun.
Ramazon oyida poklanib oling.

Musulmon dunyosida farz amaldir bu.
Oxirat kunida jannatni yuting.
Sizlarga do'stona nasixatim shu.
Ramazon oyida poklanib oling.
Категория: SMS Hayit bayrami sherlar va tabriklar | Добавил: MILLIONER (20.04.2017)
Просмотров: 5289 | Рейтинг: 1.1/26
Всего комментариев: 0