Hayit bayramingiz muborak bo'lsin (hayit tabriklari)
Dunyoda bayramlar to'lib yotibdi,
Ularning asli cho'pchak yo ertak.
Bugun hatto quyosh go'zal otibdi.
Hayit bayramingiz bo'lsin muborak!
Gullar bilan to'lib toshganda saxro,
Cho'lda gullagan eng go'zal chechak
Iymon lazzatidan olingiz bahra,
Hayit bayramingiz bo'lsin muborak!
Shafaqning qo'yniga yashiringan oq,
Go'zal tong otdi deb bergandek darak.
Buyuk e'tiqodni ramzi o'laroq,
Hayit bayramingiz bo'lsin muborak!
Dunyoda muhabbatin o'ziga jo aylagan
Oyning yuzin yopar ehtimol etak,
Rasululloh sevib bayram aylagan,
Hayit bayramingiz bo'lsin muborak!
Kufru, shirk, ma'siyat, bo'xtonu g'iybat
Islomsiz yo'lkaga sochganda pechak
Mo'min birodarim tilagim faqat
Hayit bayramingiz bo'lsin muborak!
Категория: SMS Hayit bayrami sherlar va tabriklar | Добавил: MILLIONER (20.04.2017)
Просмотров: 7833 | Рейтинг: 1.8/15
Всего комментариев: 0