Zo'r sher
Quyoshsiz yashashga
o’rganib qoldim,
Ko’nikdi oyga ham
shamstalab
ko’zim.
Sizga baht tiladim,siz
esa- menga,
Toqatlar tiladim
o’zimga o’zim.

Tasbeh ayta-ayta
charchadi
sog’inch,
Sajdaga bosh qo’ydi
toliqqan yurak.
Shu dam azroyildek jon oldi hijron,
Endi arvoh kabi kezadi tilak.

Lekin men
tirikman, xavotir olmang,
Umid uzganim yo’q
hayot gulimdan.
Sizsiz yashamoqni
o’rgandim,demak,
Sizni sevmay yashash
kelar qo’limdan.
Категория: SMS Ayriliq | Добавил: MILLIONER (23.03.2017)
Просмотров: 1255 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0