Yolg'on
Meni aldab nima topdingiz,
Yolg'onlardan, yolg'onroqmidim.
Rost so'ylashga yo'qmi tobingiz,
Yomonlardan, yomonroqmidim?
Ne ko'ribman men sizni suyib,
Qolib ketdim qurshovingizda.
Tutay-tutay kul bo'ldim kuyib.
Yonayverib olovingizda.
Yomon tushlar ko'rsam gohida,
Yahshilikka yo'yaman uni.
Yig'lab oyning guvohligida,
Oq shu'laga chayaman uni.
So'ng o'zimni ishontiraman,
"Aldangan-siz, men emas go'yo.
Yulduzlarni yomon ko'raman,
Yolg'onchidir asli bu dunyo".
Jon-jonimni o'yib ketdiku,
Sizning sodda yolg'onlaringiz.
Bu dunyodan to'yib ketdiku,
Yomonlardan yomonrog'ingiz.