Taqdirim
Mayli ketgin... To'smasman yo'ling,
Muxabbating dildan yulib ket,
Qalbimdan bo'sh qaytmasin q6ling,
Boru budim mayli olib ket,

Bag'ring bo'lsin doimo butun,
Sezma meni xech keragimni,
Balolardan asramoq uchun,
Tumor qilib ol yuragimni,

Dilingdagi muxabbat qabrin,
Quchib yig'lab tursa xotira,
Tangrim bergan bardoshu sabirni,
Olib ketgin cho'chima sira,

Taqdir kulfat yog'dirsa bir kun,
Tutib beray garib boshimni,
Gunoxlardan poklanmoq uchun, Olib ketgin ko'zdan yoshimni.
Категория: SMS Ayriliq | Добавил: MILLIONER (23.03.2017)
Просмотров: 1045 | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0