Sog'inmay qo'ydim
SOG'INMAY QO'YDIM...
Ayriliq sababi rashk bo'lgan.
Sog'inchga sabrimni tutganman.
Hijronlar vaqt o'tib hal bo'lgan.
Men seni sog'inmay qo'yganman.

Armonni o'rgatgan azizam.
Ko'zingda o'zgani ko'rganman.
Hayoldan qo'ymagan bo'lsam ham.
Men seni sog'inmay qo'yganman.

Avvalar sen uchun o'lardim.
Bugun bu so'zimdan qaytganman.
Sog'insam oldinga borardim.
Bormadim...., sog'inmay qo'yganman.

G'ururim yengidi sevgimni.
Yolg'on so'zlaringdan to'yganman.
Topib ham bo'lganman tengimni.
Men seni sog'inmay qo'yganman.

Bevafo xiyonat qilding sen.
Ilk bora bir seni suyganman.
Seni bilmadim-ku, lekin men.
Umuman sog'inmay qo'yganman.

Bas qilgin tinchimni buzishni.
Qo'ng'iroq qilmagin to'yganman.
Bas qilgin ustimdan kulishni.
Men seni sog'inmay qo'yganman.
Категория: SMS Ayriliq | Добавил: MILLIONER (23.03.2017)
Просмотров: 1026 | Рейтинг: 4.9/13
Всего комментариев: 0