Sog'inch
Qo'ying bu dunyoning
g'avg'olarini,
Boshi bor so'nggi yo'q
g'alvolarini,
Berahm, beshavqat savdolarini,
Men sizni SOG"INDIM SOG'INIB KETDIM!

Yeganim ichimga tushmaydi netay,
Bir kunim azobsiz o'tmaydi netay,
Ko'nglim yaralari bitmaydi netay,
Men sizni SOG"INDIM SOG'INIB KETDIM!

To'ydim har kunimnig
yolg'onlaridan,
Dilimga o't qo'ygan
yomonlaridan,
Bir so'zi ikki xil insonlaridan,
Men sizni SOG"INDIM SOG'INIB KETDIM!
Категория: SMS Ayriliq | Добавил: MILLIONER (23.03.2017)
Просмотров: 1019 | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0