Sevdim
Achchiq xotiralar böldi-ku
tilak,
Og'ir ayriliqqa köndi bu yurak,
Nima bölsa hamki tan olish kerak, Sevdim,sevayapman,
sevaman seni.

Ötkinchi havasga
berildik goho,
Boshga sinovlarni
soldi bu dunyo,
Dilim töla nafrat
bölsa ham ammo,
Sevdim,sevayapman, sevaman seni.

Har on hayolingsiz ötmaydi vaqtim,
Seni öylasam bas ortadi zavqim,
Bilmam armonimmi va yoki baxtim,
Sevdim, sevayapman,sevaman seni.

Bu qanday tuyg'uki seni öylasam,
Pinhona örtanib nominga
kuylasam,
Kecham ham bugunim
ertamdan qasam,
SEVDIM,SEVAYAPMAN, SEVAMAN SENI!
Категория: SMS Ayriliq | Добавил: MILLIONER (23.03.2017)
Просмотров: 1055 | Теги: Sevdim | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0