O'zgasi
Hayot yo'lim etadi davom,
Bevafo yor tashlab ketsa ham.
Lek muhabbat so'nmadi hamon,
U o'zgani tanlab ketsa ham!

O'zga yorga ko'nglim ko'nmadi,
Undan umid so'nib ketsa ham,
Unga bo'lgan mehrim so'nmadi,
U o'zgani tanlab ketsa ham!

Yurak undan voz kecholmaydi,
Voz kechishga ko'zi yetsa ham.
O'zga yorni hech sevolmaydi,
U o'zgani tanlab ketsa ham!

Azoblarda qoldim bir o'zim,
U bevafo quvnab yursa ham.
O'zga yorni ko'rmaydi ko'zim,
U o'zgani tanlab ketsa ham.
Категория: SMS Ayriliq | Добавил: MILLIONER (23.03.2017)
Просмотров: 977 | Теги: O'zgasi | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0