O'zga yor.....
Surnaylar chalinar, do'stlarim hurram.
Sana'tkorlar to'lgan uyimga.
Bo'g'zim bo'g'ilar qiladi alam.
Dabdaba shartmikan motam kunimga.

To'yxona to'rida o'zga yor bilan.
Ming afsus armonda o'tiribman men.
Yurakda muzim-u yuzda qor bilan.
Uch kishini o'ldiribman men.

Bugun kelin bo'lib o'tirgan dilbar.
Bilmaydi jasadga erga tekkanin.
Qalbimni ayamay azobda o'rtar.
O'ylamay aytilgan sho'r va'dalarim.

Senda ayib yo'q, u ham ayibsiz.
Men o'zim jallodman hammamiz uchun.
Rozi bo'lsin uchun ota-onamiz.
Endi umrimizda harkun qorakun.

Bugun to'yim emas- xayot vayrona.
Qilmishga yarasha jazolanyapman.
O'qilgan be o'xshov nikoxdan ko'ra.
Janozam o'qilsa bo'lmasmidi-a?

Kuyovlik libosim kafanlik kabi.
Chimildiq men uchun qabriston endi.
Категория: SMS Ayriliq | Добавил: MILLIONER (23.03.2017)
Просмотров: 1021 | Рейтинг: 3.0/2
Всего комментариев: 0