Men qotilman hechkim bilamaydi....
Men qotilman hech kim bilmaydi,
Bu aybimni yashirib tuydim,
O'lgan ishqa qabr bulmaydi,
Men sevgimni o'ldirib quydim.

Nima qilib quydim ko'ringlar,
Orzularim ko'zlarin o'ydim,
Men qotilman bilib quyinglar,
Men sevgimni o'ldirib quydim.

Men baxtkesar qo'lda qaychiman,
Men baxtto'sar yo'lda ovchiman,
Men eng xafli jinoyatchiman,
Men sevgimni o'ldirib quydim.

Alvastido'st nafsim-yalmog'iz,
Ajdar og'zi yutgan o'ljasan,
Uvolinga qoldimku esiz,
Tug'ulmagan farzandimniman.

O'tga tawlab sho'rlik yurakni,
Qonga buyab quvonchkuylakni,
Tashlab ketdim guldek malakni,
Ko'rmaysimi mendey tentakni,
Men sevgimni o'ldirib quydim.

Ishqa maxbus qo'llarim kishand,
Ravo ko'rdim unga o'limni,
Kafanlika topolmay mato,
O'rab kumdim oppoq ko'nglimni.

Men sevgimni o'ldirib quydim,
Pusaymonko'l hanjarida qon,
Qabrtoshga ismingni o'ydim,
Men adashdim kechir sevgijon!
Категория: SMS Ayriliq | Добавил: MILLIONER (23.03.2017)
Просмотров: 1099 | Рейтинг: 4.5/2
Всего комментариев: 0