Majburlab uzatilgan qizlarga
Dunyoni tor qilmang ko'ziga
Yosh to'ktirmang achchiq yuziga
Eshiting nolasin tinglab so'ziga
Majburlab uzatmang qizlaringizni.

Sizda ko'ngil to'lar lek unda to'lmas
Ko'nikar deysizu lekin ko'nolmas
Chin sevgi o'lmagay hech unutolmas
Majburlab uzatmang qizlaringizni.

Varoqlab o'qinglar buyuk Quronni
Ko'ngliga qara degan har bir insonni
Qahriga qolmanglar qodir Ollohni
Majburlab uzatmang qizlaringizni.

Yuragi og'riydi qilib nolalar
Baxtin to'kis qiling qilib duolar
Iltimos Hurmatli Ota-Onalar
Majburlab uzatmang qizlaringizni.

Sevmasa boylik baxt berolmaydi ham
Bir umr sevganin qumsaydi har dam
Qo'g'irchoq emasku ular ham odam
Majburlab uzatmang qizlaringizni.

Deylik hop qizingiz majbur ko'nadi
Lek hayoli boshqada yashab yuradi
Suymasa er esa kunda uradi
Majburlab uzatmang qizlaringizni.

Siz uyda qolasiz qizingiz ketar
Sevmagan yor bilan qandayin yashar
Sizni deb bir umr yig'labla o'tar
Majburlab uzatmang qizlaringizni.

Biz boyku ularchi kambag'al demang
Tengimiz emas deb yerga ham urmang
Kun kelib o'zingiz afsusda qolmang
Majburlab uzatmang qizlaringizni...!
Категория: SMS Ayriliq | Добавил: MILLIONER (21.02.2018)
Просмотров: 2086 | Теги: qizlarga | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0