Lablarim isming pichirlar
Sog'indim sog'inchim sen bilan qolgan,
Qo'llaring taftini qo'lim unutgan.
Ko'zlarim qa'ridan siyrating ketgan,
Baribir lablarim isming pichirlar ...

O'ylayman o'ylarimdan o'chib ketgansan,
Kuylamayman kuylarimdan uchib ketgansan.
Kutmagayman hayolimdan qochib ketgansan,
Baribir lablarim isming pichirlar ...

Bugungi kun kechagidan baxtli bo'lsa xam,
Hayotim quvonchlarga chunon to'lsa xam.
Yuragim urushdan to'htab qolsa xam,
Baribir lablarim isming pichirlar .....
Категория: SMS Ayriliq | Добавил: MILLIONER (23.03.2017)
Просмотров: 2274 | Рейтинг: 1.8/5
Всего комментариев: 0