Essiz sog'inch....
Ortga qaytib bo'lmaydi endi.
Yo'llarni xatolar berkitib qo'ygan.
Yarim ko'ngil to'lmaydi endi.
Qolgan yarmi vayrona bo'lgan.

Sen xayotsan, men ham tirikman.
Lekin umid dafn etilgan.
Alamdan uhlolmay chiqamiz tunda.
Sabrlar yillarga sarf etilgan.

Uchrashsak jim turib faryod uramiz.
Bir-birimizga yuzimiz qaro.
Shunda ham nimanidur intiq kutamiz.
Qandaydur arqon bor yuraklar aro.

Na diydor bor, na bir qo'ng'iroq.
Na bir choramiz bor, na kichik yo'lak.
Sevgi ham ehtimol bizni tark etgan.
Xech baxo qolmagan, sog'inchdan bo'lak.
Категория: SMS Ayriliq | Добавил: MILLIONER (23.03.2017)
Просмотров: 1192 | Рейтинг: 1.0/4
Всего комментариев: 0