Erib ketar qalbingiz toshi
Erib ketar qalbingiz toshi
Oqar közdan ojizlik yoshi
Yetmas ekan inson bardoshi
Siz baribir sevib qolasiz.

Yurak qurg'ur topmaydi taskin
Könglingizga sevgi qurar in
Tan oling bir kunmas bir kun
Siz baribir sevib qolasiz.

Siz mag'rursiz bilaman buni
Sizni kutar baxtning butuni
Yuragiz ,,ox'' chekkan bir kuni
Siz baribir sevib qolasiz

Qalbingizni nimtalar armon
Xatto yurak topmaydi darmon
Bu aslida xudodan farmon
Siz baribir sevib qolasiz...
Категория: SMS Ayriliq | Добавил: MILLIONER (23.03.2017)
Просмотров: 940 | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0