Bilaman sevib yashaysan
Sevgiga dard qo‘shib kuylaganimda,
Ko‘nglim sendaligin sezib yashaysan.
Tunlari yashirin yig‘laganimda,
Bilaman, sen meni sevib yashaysan.

Balki o‘ladirman sendan avvalroq,
Kelmasang mayliga yodingga olib.
Uyg‘onishimga xalal bersada tuproq,
Sevaman tuproqlar ostida qolib.

Baxorlar o‘tadi, o‘tadi yillar,
Qalbingga bir huzur topadi yillar.
O’shanda bizlardan qolsa ko‘ngillar,
Sevaman tuproqlar ostida qolib.

Qabriston ichida kutib yashayman,
Gohida borib tur onamni olib.
Men bilan suxbat qur soatlab qolib,
Sevaman tuproqlar ostida qolib.
Категория: SMS Ayriliq | Добавил: MILLIONER (23.03.2017)
Просмотров: 1600 | Рейтинг: 1.0/2
Всего комментариев: 0