Beparvo yor.....
Ko‘z o‘nggimda jilvalandi ishq,

Atrof-muhit sevgidan so‘zlar.

Bermayapti ruhimga orom,

Qalbimdagi jilovsiz hislar.



Ko‘nglimda kuy chalar muhabbat,

Mendan o‘zga yo‘qdek asiri.

Ohanglari ortib bormoqda,

Vujudimga singib kun sari.



Olib chiqdi ishq osmoniga,

Oyog‘imga qo‘ymayin narvon.

Qaytay desam tusholmam yerga,

Sakray desam qolaman bejon.



Shundan beri o‘zgacha olam,

Tuyuladi menga she’riyat.

Olov yigit madhini kuylab,

Yolg‘iz unga she’r yozdim faqat.



U-chi, sira qilmaydi parvo.

Otashlarda yonsa hamki jon.

Dardlarimga topib ber davo,

Yolvoraman senga Xudojon!



Muhabbatning ko‘zi ko‘r emas,

Muhabbatning quloqlari kar.

Ahvolimni ko‘rib turib yor,

Segarasin burqsitib chekar...
Категория: SMS Ayriliq | Добавил: MILLIONER (23.03.2017)
Просмотров: 1331 | Рейтинг: 3.7/3
Всего комментариев: 0