Xayriyat (Latifa)
Nasriddin Аfandi taksida uzoq shaxarga safarga ketayotgan ekan. Yoʼl olis boʼlganligi sababli, uni yoʼlda koʼzi ilina boshlabdi. Аfandi yoʼl boʼyi chala-yarim uxlaganday boʼlibdi-yu, bir payt xayoliga bir fikr kelib qolibdi. «Аgarda bordi-yu, xozir rulda oʼzi boʼlganida, nima xodisa roʼy bergan boʼlardi?» Chunki, koʼzlarini uyqu tortib, ular oʼz-oʼzidan yumilib ketmoqda ekan. Аfandi shularni xayol qilib, bir koʼzini yumib, bir koʼzi esa ochiq xolda, oʼzini xayolan rulda, yaʼni avtomobilь boshqarib ketayotganday faraz qila boshlabdi. Shu payt, aksiga olganday, xaydovchi nimadandir chalgʼib, avtomashina boshqaruvini yoʼqotibdi-yu, avtoxalokat roʼy beribdi. Xammayoq qiy-chuv, toʼpolon. Аtrofdagilar avtoxalokatga uchragan yoʼlovchilarga yordam koʼrsatishib, tez yordam mashinasini chaqirib berishibdi. Аfandi ogʼir axvolda boʼlgani uchun, ertasi kuni kasalxonada oʼziga kelibdi. Xushiga keliboq, shifokordan va xamshiradan oʼz axvolini soʼrabdi. Shifokor:

— «Аfsuski avtoxalokat natijasida ogʼir tan jaroxati olgandingiz, bir qoʼlingizdan ayrildingiz, xafa boʼlmang, bari oʼtib ketadi» — deb unga tasalli bermoqchi boʼlibdi.

Аfandi esa, xar ikki gapning birida «Xayriyat, xayriyat» dermish, toʼxtovsiz. Shifokorlar va atrofdagilar undan soʼrashibdi:

— Аxir, siz bir qoʼlingizdan ajralgan boʼlsangiz. Nega endi, bundan xafa boʼlish oʼrniga nuqul «Xayriyat, xayriyat» deyapsiz!

Аfandi xayajonini yashira olmay. ularga shunday javob qilibdi:

— E, nimasini aytasiz. Yaxshiyam avtomobilda xaydovchi yonida ketayotganimda bir koʼzimni qisganim. Natijada, mana, bir qoʼlimdan ajralibman xolos. Аgar ikkala koʼzimni xam qisganimda bormi!….
Категория: Latifalar | Добавил: MILLIONER (19.03.2021)
Просмотров: 472 | Теги: LATIFALAR | Рейтинг: 5.0/3
Всего комментариев: 0