Tilla tishlar (Latifa)
Afandining bir do‘sti juda o‘ziga to‘q, boy-badavlat inson edi. Bir kuni u Afandi bilan suxbatlashib o‘tirib, maqtanib, shunday debdi:

— Afandivoy, shu desang, pulimni ko‘pligidan 32 ta tishimni xammasini tilladan soldirdim!

— Yaxshi qilibsan, buyurib nasib qilsin!…

— Lekin, ilgari tishlarim bilan bodom chaqadigan odatim xam bor edi. Demak, bundan buyon tishlarimga extiyot bo‘lishim kerak deb o‘ylayapman!…

Afandi esa, kulib:

— Men esa, bundan buyon tishingga emas, boshingga extiyot bo‘lishing kerak deb o‘ylayapman! — deb javob qilibdi.
Категория: Latifalar | Добавил: MILLIONER (19.03.2021)
Просмотров: 451 | Теги: LATIFALAR | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0