«Muxlis» (Latifa)
Kunlarning birida bir to‘yda maza-matrasasi yo‘q ashulalarni aytib, amal-taqal qilib, to‘ylarni o‘tkazib yuradigan otarchi davrani «qizdiribdi». Oxiri u ashulalarini to‘xtatmay turib, to‘yxonada to‘y egalaridan tashqari, yana bir kishi qolibdi. otarchi uni muxlislardan deb o‘ylab, ashulalarini davom etdiraberibdi. Bu orada bir ashula ikkinchisiga ulanmay turib, xaligi kishi otarchiga yaqinroq kelib, og‘iz juftlab, gapirmoqchi bo‘libdi:

— «Men sizni…»

Lekin shu zaxoti otarchi uning gapini bo‘lib: — «Xa bilaman, meni muxlisimsiz. Siz uchun eng «sara» qo‘shiqlarimni ijro etib beraman!» — deb, o‘z ashulalarini davom etdiraberibdi. Oxiri, xaligi kishining toqati-toq bo‘lib, shartta kelib, uning qo‘lidan mikrofonni yulib olibdi-da:

— «Men sizni lash-lushlaringiz bilan manzilingizga tashlab qo‘yishim kerak. Taksi xaydovchisiman, xolos. Xech qanaqa sizning muxlisingiz emasman» — debdi jaxl bilan.
Категория: Latifalar | Добавил: MILLIONER (19.03.2021)
Просмотров: 480 | Теги: LATIFALAR | Рейтинг: 5.0/2
Всего комментариев: 0