«Maktab partasida»… (Latifa)
Maktabda katta yoshdagi ikki erkak uchrashib qolishdi. Biri ikkinchisidan soʼradi:

-«Kechirasiz, siz ota-onalar yigʼilishiga kelgan boʼlsangiz kerak, xoyna-xoy?».

-«Yoʼgʼey, nimalar deyapsiz? Men shu maktabning oʼquvchisiman! Xar yili sinfda qolaverib, mana qarabsizki, soch-soqolim chiqib, kap-katta odam boʼlib qoldim. Xali-xanuzgacha, maktabni bitirib keta olmayapman. Bir soʼz bilan aytganda, toʼgʼrisi, «ikkichi»man! Xoʼsh, oʼzingizchi, oʼgʼlingizni sinfini qidiryapsizmi?».

-«Аksincha, dadamni oldilariga keldim!».

-«Dadangiz, shu yerda oʼqituvchi boʼlib ishlaydilarmi?».

-«E-e, qoʼysangizchi, meni dadam xam sizga oʼxshab… Gapning qisqasi, dadam shu maktabni eng yuqori sinfida oʼqiydilar. Bu yil bitirib ketishlari uchun ular bilan oʼqituvchilar «aloxida» darsdan keyin qoʼshimcha mashgʼulotlar olib borishni yoʼlga qoʼyishgan. Men esa, dadamga kechki ovqat olib keldim!»…
Категория: Latifalar | Добавил: MILLIONER (19.03.2021)
Просмотров: 597 | Теги: LATIFALAR | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0