Latifalar (Muxabbatni ko‘zi ko‘r….)
Mutasaddi idoralardan birida xodim kerakli xujjatlarni rasmiylashtirmoqda. Bir payt u yoshgina bir qizga murojaat qilib dedi: — Singlim, malol kelmasa, buvangizni ismi-shariflarini aytib yuborsangiz. Ularni quloqlari vazminroq shekilli, bizni savollarimiz javobsiz qolmoqda. Qiz esa pinagini buzmay dedi: — E’tiboringiz uchun, bu kishi buvam emas, meni bo‘lajak turmush o‘rtog‘im bo‘ladilar! -Iye, xaqiqatan xam to‘g‘ri aytisharkan, «Muxabbatni ko‘zi ko‘r bo‘ladi, yosh tanlamaydi» deb!… — Xa, albatta yosh tanlamaydi. Lekin boyligi bisyor otaxonni ko‘rganda, muxabbatni xam ko‘zi «charaqlab» ochilib ketarkan! https://qwert.uz/wp-content/uploads/2020/03/%D0%91%D0%B5%D0%B7-%D0%BD%D0%B0%D0%B7%D0%B2%D0%B0%D0%BD%D0%B8%D1%8F-3.jpg Kunlardan bir kuni tasodifan choyxonada bir nechta jazoni o‘tab qaytgan, o‘zaro bir-birini tanimaydigan kimsalar suxbatlashib qolishibdi. Ularning suxbatlari mazmuni «Kim nima sababdan jazolangani»ni aytib berishdan iborat edi: — Men birovni bir shapaloq tushirganim uchun jazo olganman — debdi ulardan biri. — Iye, shuni o‘ziga-ya? — deyishibdi qolganlar. — Chunki, bir shapaloq tushirganimda, uni qulog‘i aralash qattiqroq tushirgan ekanman, u umrbod kar bo‘lib qolgandi-da — deb javob qilibdi u. — Men esa kelin tushirganim uchun jazo olganman — debdi ikkinchisi. — Naxotki, kelin tushirganga xam jazo tayinlanar ekanmi? — deb xayron qolishibdi sheriklari. — Chunki, kelinni noqonuniy o‘g‘irlab, keyin kelin qilib tushirishni tashkillashtirgan edim-da — deb aniqlik kiritibdi u. — Men esa, bor-yo‘g‘i bir musht tushirganimga og‘ir jazo olganman — debdi uchinchisi xursinib. — Shunaqasi xam bo‘larkanmi, bir mushtni o‘ziga-ya — deyishibdi xammalari baravariga. — Xa, bo‘lmasamchi. Faqat shu bir musht tushirganim sabab bo‘lganmi, bilmasam, uni o‘pkasi xam tushib qolgandi-da — deb javob qilibdi u. | |
| |
Просмотров: 343 | | |
Всего комментариев: 0 | |