Internetda «Internet foydalanuvchisi» bilan saytning «Navbatchi operator»i o‘rtasida yozma muloqot bo‘lmoqda edi. Navbatchi operator yozyapti:
Operator:
«Savol bering — javob beramiz!»
Foydalanuvchi:
«Xar qanday savolga xammi?»
Operator:
«Xa, xar qanday kutilmagan murakkab savolga xam»
Foydalanuvchi:
«Agar savolimni umuman javobi bo‘lmasachi, unda nima qilasiz?»
Operator:
«Unda savolingizni javobi yo‘qligi xaqida javob qaytaramiz!» https://qwert.uz/wp-content/uploads/2020/04/%D0%B8%D0%BD%D1%82.%D0%BF%D0%BE%D0%BB%D1%8C%D0%B7.-1.jpg
Bir rashkchi xotin eri ishdan qaytgandan keyin, uning kostyumini cho‘tkalabdida, jaxl aralash debdi:
— Dadasi, bu nimasi, kostyumingizda soch qillari ko‘payib ketibdiku? Yoki….
— E, qo‘ysangchi onasi, og‘aynimni «Angor» echkisi bor ekan. Shuni u bilan birgalashib mashinasiga yuklashgan edim, o‘shani qillaridan o‘tib qolgandirda — debdi eri.
Shunda xotini miyig‘ida kulimsirab debdi:
— Mayli dadajonisi, xechqisi yo‘q! Lekin o‘sha og‘ayningizga albatta tayinlab qo‘ying echkisiga bundan buyon ayollar atrini sepmasin, kostyumingizga xidi urib ketibdi-ya!…. https://qwert.uz/wp-content/uploads/2020/04/%D0%B0%D0%BD%D0%B3%D0%BE%D1%80%D0%BA%D0%B0.jpg
Bir kuni uch notanish yigit birga suxbatlashib qolishibdi. Suxbat orasida, ulardan biri maqtanib:
— Meni otim «Yo‘rg‘a» ot. Unda uloq poygalarida chopaman. Uni menga buvam raxmatlikni o‘zlari olib berganlar! — debdi.
— Meni otim esa «Saman» ot. Katta poygalarda ishtirok etganman. Ko‘pdan-ko‘p sovrinlar olganman. Uni menga Chavandoz tog‘amni o‘zlari olib berganlar! — debdi ikkinchi yigit maqtanib.
Uchinchi yigitni esa, xech qanday ot-poti yo‘q ekan. Bechora vaziyatdan chiqib ketish maqsadida, shunday deb javob qilibdi:
— Meni otim Samandar. menga bu otni dadamni o‘zlari qo‘yganlar. Kamina yugurish bo‘yicha katta musobaqalarda ishtirok etib, sizlar kabi sovrinlarni qo‘lga kiritganman!