Latifalar (Gapiradigan to‘tiqush…)
Yakshanba kuni er-xotin dala xovlilariga dam olish uchun borishibdi. Xotini u yerdagi mo‘‘jazgina dala xovliga moslashtirilgan uylarida tushlik uchun salat tayyorlayotgan ekan. Eri esa tashqarida bodring-pomidorlar egatlari orasida yurib, ular orasidagi begona o‘tlarni yulib tashlash bilan ovora bo‘libdi.Bir payt ichkariga tashqaridan g‘alati tovushlar eshitilibdi. Xotin qilayotgan ishini atayin sekinlatib, tashqariga yaxshiroq quloq sola boshlabdi. Tashqaridan qulog‘iga shunday so‘zlar chalinibdi:

— Salom!

— Salom!

— Qalaysan?

— Juda yomon!

— Battar bo‘l!

— O‘zingiz xam!

— Men ketdim!

— Daf bo‘l!

Xotin oxiri chidamay, tashqariga chiqibdi. Tashqarida esa eridan boshqa xech kim yo‘q emish. Xayron bo‘lib eridan so‘rabdi:

— Xoy dadasi, kim bilan shunaqa qisqagina qilib g‘alati gaplashdingiz. Axir….

— E, onasi, valdirayverasanmi, qo‘shnimizni gapirishga o‘rgatilgan «to‘tiqush»i bor ekan. Shu bilan gaplashdim…

— Yo tavba, to‘tiqush ayol kishini tovushida gapirishini endi eshitishim. Xuddi anavi dugonam Shaxloni ovozini o‘zginasi-ya!…

… Bir ozdan so‘ng, er ovloqroq joyga borib, kimgadir telefon qilib, sekingina debdi:

— Xoy «to‘tiqush», axir senga necha marotaba aytdim, dala xovliga «uchib» kelmagin deb. Xotinim sal bo‘lmasa sezib qolay dedi-ya, qo‘lga tushsak, rasvo bo‘lardik! Aytmoqchi, xotinimni dugonasi ekanligingni nega xozirga qadar menga aytmagansan?!…
https://qwert.uz/wp-content/uploads/2020/04/%D0%BF%D0%BE%D0%BF%D1%83%D0%B3%D0%B0%D0%B9-1.jpg

DANGASA — «AVTOOTVETChIK».

Bir gurux do‘stlar og‘aynilaridan birining uyiga xasharga borishibdi. Ularning barchalari uyushgan, serg‘ayrat — axil yigitlar ekan. Shuning uchun xam kechgacha davom etishi rejalashtirilgan ishni yarim kundayoq tugallashibdi. Shundan keyin, o‘rtaga tushgan taklifga binoan, xonadon soxibi shu yaqin o‘rtadagi choyxonada tushlikka choyxona palov qilib berishi rejalashtirilibdi. So‘ngra do‘stlar choyxonaga borib, palov dam yegunga qadar, u yerda gurunglashib choylashib o‘tirishni ma’qul ko‘rishibdi. Choyxonada barcha yig‘ilgach, xasharga kela olmagan dangasaroq do‘stlaridan biriga xavotir olib, telefon qilishibdi:

— Alloo, kim bu? — deyishibdi do‘stlari.

U yoqdan do‘stlari telefonni o‘zi olibdi-yu, lekin xasharni xush ko‘rmaganligidan ayyorlik qilib, ovozini o‘zgartirib, jiddiy va g‘alati ovozda shunday debdi:

— Men-man!

— Men deganingiz kim axir?

— «Avtootvetchik» — man!

— Iye, Soqivoy tuzukmi axir, qani o‘zi?

— Soqivoy — kasal. Davolanmoqda. Xasharga — borolmaydi!

— Ex attang, o‘rnidan tura oladimi o‘zi?

— Xech qayerga — bora olmaydi , uzr! Gapingiz bo‘lsa, marxamat! Yetkazib — qo‘yamiz!

— Xa, mayli, xasharimiz ertaroq tugab, choyxonadagi oshimiz xam dam yeb, suzadigan payti yaqinlashib qoluvdi. Nasib qilmagan ekanda, ex attang! Unga salom ayting, bizni nomimizdan. Tezroq sog‘ayib ketsin!

Shu payt telefonda u yoqdan nimadir deb ming‘irlagan ovoz eshitilibdi, lekin tushunarsiz ekan. So‘rashibdi:

— Xoy, «Avtootvetchik», nimalar deyapsan o‘zingdan-o‘zing?

— «Avtootvetchik»ni o‘ylab topganga xam, osh dam yegan paytda ulfatlar yoniga bora olmagan dangasa — noshudga xam la’natlar bo‘lsin deyapman!
Категория: Latifalar | Добавил: MILLIONER (19.03.2021)
Просмотров: 307 | Теги: LATIFALAR | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0