Главная » Qiziqarli bo'limlar » SMS sherlar » Latifalar » Latifa (Uydamisan?…)

Latifa (Uydamisan?…)

Название:
Latifa (Uydamisan?…)
Рейтинг:
Год и страна:
Жанр:
Голосов:
+9
Просмотров:
317
Время:
Информация: Kunlarning birida bir kishi yaqin og‘aynisining uyiga mexmonga boribdi. Borgach, og‘aynisining eshigini qattiq taqillatibdi. Ichkaridan og‘aynisi javob qilib:

— Kim u? — deb so‘rabdi.

— Bu men, do‘sting Avazman. O‘zing uydamisan? — debdi.

— Axir uyda o‘zim bo‘lmay arvoxim bo‘larmidi! Senga xozirgina javob qildimku, axir…

Shularni gapirib, og‘aynisi eshikni ochibdi. Lekin ular baribir tortishib qolishibdi. Shu payt tortishuv tepasiga qo‘shnisi kelib qolibdi.

— E, qo‘shnijon, yaxshiyam o‘z vaqtida keldingiz. Qaramaysizmi, mana bu og‘aynimni, unga xato gapirganini tushuntira olmayapman — debdi.

— Sizlar aslo diqqat bo‘lmanglar, men bor yo‘g‘i ikki daqiqada masalangizni chil-parchin qilib beraman. Faqat ikkingiz xam meni savollarimga javob berib tursangiz kifoya. Og‘ayningizga noxaqligini tushuntirib xam qo‘yaman! — debdi «dono» qo‘shnisi. Qo‘shnisi shunday deb, mexmonga yuzlanibdi:

— Qani menga aytingchi, birinchi keliboq nima qildingiz?

— Og‘aynimni, eshigini qattiq taqillatdim!

-Tushunarli, keyinchi?

— U ichkaridan «kim u» deb so‘radi?

«Dono» qo‘shni keyin mezbonga yuzlanib, so‘rabdi:

— Xo‘sh qo‘shnijon, o‘sha paytda siz uydamidingiz?!…


avatar