Latifa (Sizlarni yaxshi ko‘ raman …)
Uzoq shaxarda oliygoxda o‘qiydigan qiz dugonalari bilan kinoga tushibdi. Filmning mazmuni ota-onaning qadri, ularni xayotlik chog‘larida e’zozlash kabi tuyg‘ularni o‘zida aks etdirgan ekan. Tomoshadan keyinoq qiz filmdagi voqealardan qattiq ta’sirlanib ketganligidan , darrov ota-onasiga qo‘ng‘iroq qilib, ulardan xol-axvol so‘ramoqchi bo‘libdi:

— Onajon, yaxshi yuribsizlarmi? Otam xam yaxshi yuribdilarmi?

— Xa, qizim, xammamiz yaxshimiz, o‘zingchi?

— Men xam yaxshiman, raxmat. Onajon! Men sizlarni yaxshi ko‘raman! Sizlar meni borlig‘imsizlar! O‘zingizni men uchun extiyot qilinglar!…

Shu zaxotiyoq onasi qizini gapini shartta bo‘lib, debdi:

— Qizim, tinchlikmi o‘zi? To‘g‘risini ayt, bironta xunuk ish bo‘ldimi? Yashirma!…

— Nega unaqa deyapsiz, onajon. Men sizlarni yeru-ko‘kka ishonmayman! Sizlar meni mol-davlatimsizlar! Sizlar…

Onasini sabri tugab, telefonni o‘chirib uy ichkarisiga uloqtiribdi-da, eriga xayajon bilan baqirib-chaqirib, shunday debdi:

— Voy, dadasi! Tez bo‘ling, yo‘lga otlanamiz! Ko‘nglim sezyapti, bu qizgina tushmagur bir baloni boshlagan. Tushlarim bekorga bulg‘anmagan ekan. Voy sho‘rimm…
Категория: Latifalar | Добавил: MILLIONER (19.03.2021)
Просмотров: 647 | Теги: LATIFALAR | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0