Latifa — «Shirin» xotiralar.
Afandi bir kuni qarasa o‘g‘li qo‘shnining devoriga yaqin borib, u tomonga mo‘ralamoqda ekan. Qo‘shnining bo‘yiga yetib qolgan qizi bo‘lib, ko‘xlikkina qiz bo‘lgandi. Aksiga olganday, Afandi xam boshqa tarafidagi qo‘shnisining qiziga uylangan edi. Afandining zavqi kelib, debdi:

— Xa, o‘g‘limxon, koptogingiz qo‘shnining uyiga tushib ketdimi?

— Xa — xa, dada, koptogimni…

— Xa tushgan bo‘lsa, men xam yoshligimda koptogimni tushirib qo‘yganimda, uni qo‘shni qizning o‘zi…

Shu paytda afandining xotini bu gaplarni eshitib turgan ekan, ikki marta «ma’noli» qilib, yo‘talib qo‘yibdi. Afandi xam yo‘talni ma’nosini tushunib, gapini o‘zgartiribdi:

— Koptokni qo‘shnilarga devordan…

Xotini yana bir yo‘talib qo‘yibdi:

Afandi xotiniga bir qarab qo‘yibdi-yu, davom etibdi:

— Koptokni qo‘shnini eshigidan kirib, uzr so‘rab, so‘ngra olib chiqish kerak, o‘g‘limxon!

Afandi shularni gapirib, xotinini oldiga borib, sekingina debdi:

— Nima balo, onasi. ko‘k yo‘tal bo‘lganmisan, gapirgani xam qo‘ymaysana!

Xotini Afandining bu gaplariga parvo xam qilmasdan, debdi:

— Xa, dadasi, yoshligimizdagi «shirin» xotiralar yodingizga tushib ketdimi deyman!…

— Yo‘q onasi, aksincha, yoshlikdagi «achchiq» xatolarim yodimga tushib ketdi!…
Категория: Latifalar | Добавил: MILLIONER (19.03.2021)
Просмотров: 376 | Теги: LATIFALAR | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0